Tashvishli dunyodagi orom

Tashvishli dunyodagi orom

Xulosa

Zamonaviy dunyoda stress holatlari va ishning haddan tashqari ko'pligi odamlarning bevaqt olamdan o'tishiga sabab bo'lmoqda. Ammo, dunyo yaratilish paytida Egamiz ushbu muammoning yechimini allaqachon o'ylab qo'ygan edi — ya'ni, dam olish kunini. Bu muqaddas kun odamlar o'z ishlaridan dam olishlari va Xudo bilan vaqt o'tkazishlari uchun baraka sifatida yaratilgan. Afsuski, garchi Egamiz odamlarga bu kunni muqaddas deb bilishga buyurgan bo'lsa-da, ko'pchilik bu maxsus kun haqida unutishgan, va ko'pchilik odamlar hattoki bu kunni odamlar uchun bergan Xudoni ham unutdilar.

Turi

Tract

Nashriyotchi

Sharing Hope Publications

Mavjud

40 Tillar

Sahifalar

6

Yuklab olish

Mita Dyuran o‘lik holda topilgan edi. 24-yoshli indoneziyalik harakatchan kopirayter qiz o‘z stoliga qulab tushdi. Nima bo‘ldi o‘zi?

Mita reklama agentligida ishlagan, u yerda yuksak talablari va ko‘p mehnat qilish talab etilardi. O‘z o‘limidan birmuncha oldinroq u ijtimoiy tarmoqlarda izohni qoldirdi, u yerda shu jumladan u so‘nggi kunlarda haddan tashqari toliqqanini aytdi: “Bugun men ofisimizdan kalitlarni qatorasiga sakkizinchi kuni olmoqdaman... Menda hayot yo‘q.”

U Krating Daeng kofeinli energetik ichimlikni tez-tez ichardi, bu Red Bull ichimligining Osiyo analogi hisoblanadi. Uning ijtimoiy tarmog‘ida so‘nggi izohi shunday edi: “30-soatlik ish va men haliyam kuchga to‘laman.” Undan keyin u darhol boshini stolga qo‘yib, va uyqudan chiqmay, hayot bilan vidolashdi.

Aslida nima bo‘ldi? Mita toliqishdan vafot etdi.

Bugungi kunda ko‘pchiligimiz zich taqvimga egamiz. Jamiyat bizlardan ko‘proq ishlashga, ko‘proq pul topishga va ko‘proq narsa sotib olishga talab etadi. Bu holdan biz stressga tushamiz, uyqusizlikdan va ruhiy buzilishdan azob chekyapmiz.

Ehtimol, biz o‘zimizni Mita Dyuran kabi asta-sekinlik bilan o‘ldirmayapmiz, ammo hayotimiz darhaqiqat og‘ir yukday tuyulishi mumkin. Nahotki shu narsani biz uchun Parvardigorimiz tayyorlab qo‘ygan? U - Tinchlik Beruvchidir. Biz o‘zimizni ko‘pgina ishlar bilan qiynatib, tinchlikni his qilyapmizmi? Albatta, yo‘q!

Biz charchoqdan oyoqlarimizni his qilmay qolganimizda, ehtimol, bu holatda biz Xudo esimizda saqlashga xohlagan narsani unutilganimiz bois ro‘y beryapti. Keling, U orom haqida nimani aytganligini ko‘rib chiqaylik.

“Pauzaga” qo‘yish

Egamiz Rahmdil va Mehribondir. Xuddi mobil telefoniga yoki noutbukka zaryadka kerakligi kabi Odamlarga jismoniy, aqliy va ruhiy kuchlarni qayta tiklash uchun vaqt zarur, va Xudo shu haqda yaxshi biladi. Shuning uchun Muso payg‘ambari Xudoning amrini yozgan edi:

Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring. Hamma ishlaringni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan kunidir. O‘sha kuni hech qanday ishni qilmang! (Tavrot nomi bilan ham tanilgan Muqaddas Kitobining birinchi qismidan: Chiqish kitobi 20:8-10)

Ushbu Xudoning o‘zgarmas Qonuni bizga yettinchi kuni haqida eslashni buyurmoqda. Dunyoning ko‘pgina tillarda ushbu oromga mo‘ljallangan kun “shanba” deb atalmoqda. Nega Xudo shu kun haqida eslashni buyuryapti? Chunki U biladi-ki, Odam Atodan boshlab insoniyat doimo unutuvchanlikdan jabr ko‘rmoqda. Biz Xudoning amrlarni unutmasligimiz kerak, negaki biz Uni doimo esimizda saqlasak, va Uning amrlari haqida unutilmasak, faqat shu holda to‘g‘ri yo‘ldan borishimiz mumkin bo‘ladi.

Ammo, nima uchun aynan shanba kuni alohida kun hisoblanadi? Xudo aytadi:

“Men, Egangiz, olti kun davomida osmonu yerni, dengizni va bulardagi hamma mavjudotni yaratdim. Yettinchi kuni esa dam oldim. Shuning uchun Men, Egangiz, Shabbat kunini muborak qilib, muqaddas, deb boshqa kunlardan ajratdim.” (Chiqish 20:11)

Shanba kuni bizlarga Xudo Yaratuvchisi deb, muhim eslatmasi bo‘lib qolmoqda. Ayrim odamlar, Xudo charchamaydi-ku, Unga yettinchi kunda dam olish ne hojat, deb e’tiroz bildirishi mumkin. Ammo Egamiz charchoqdan emas, balki O‘zining dunyo yaratilish bo‘yicha ishni yakunlagani bois, va bizlarga dam olishga muqaddas vaqtini ajratishi uchun dam olgan edi.

Egamiz butun insoniyat uchun bu kun zarur bo‘ladi, deb oldindan bilgan edi. U yettinchi kunini “Shabbat” deb atadi, bu so‘z “tanaffus” yoki “to‘xtash” ma’nosini bildiradi. Shunday qilib, har haftaning yettinchi kuni - tanaffus tug‘machasini bosish uchun alohida kun hisoblanadi. Biz shu kun davomida bizning ishlarimizdan va hayrli bo‘lmagan ishlaridan dam olib, Xudoga sajda qilishimiz zarur.

Agar boshlig‘ingiz yoki ustozingiz sizga ko‘proq dam olishga buyurganida, bu nur ustiga a’lo nur bo‘lmasmidi? Bizga Egamiz ana shunday qilishni buyurdi! Xudoga shon-sharaflar bo‘lsin! U darhaqiqat mehribondir!

Xudoning muqaddas kunining nishonlashi

Shabbat - bu yerdagi hamma odamlar uchun muqaddas kun hisoblanadi. Masihiylar, musulmonlar, buddistlar va hindular paydo bo‘lishidan ancha oldin yagona Xudoga ishonganlar bu kunga rioya qilgan edilar. Aslida dunyo yaratilishning o‘zidayoq shanba insoniyatga berilgan edi. Odam Ato va Momo Havo ham shanba kuniga rioya qilgan edilar, shuning uchun Xudo bizlarga U esimizda tutish lozim bo‘lgan narsalarni unutishga ruxsat bermagan edi.

Afsuski, bugungi kunda ko‘pchilik odamlar shabbat haqida unutib qo‘ydilar. Qadimda payg‘ambarlar yahudiylarni agar ular shabbat haqida unutsalar, Xudo ularni o‘lim bilan jazolaydi, deb ogohlantirgan edilar. Ular bu ogohlantirishga quloq solmadilar, shu sababdan Quddus shahri bosqinchilar tomonidan buzilgan bo‘lib, ularning oilalar esa asirga olingan edilar. Masihiylar ham shabbat haqida unutdilar, va Xudoning amrlariga zid ravishda shanbani yakshanbaga almashtirdilar. Musulmonlar juma kunida namozga borishadi, ammo yettinchi kunda dam olish kerakligini va Yaratguvchiga itoatkorlikda yashash lozimligi haqida ham unutib qo‘ydilar.

Nega butun dunyo ushbu muhim kuni haqida unutib qo‘ydi? Ammo, ehtimol bunday keng qo‘lamli unutuvchanlikning yanada dahshatliroq sabab mavjud?

Iso Masih hayollarimizni Yaratguvchimizdan o‘girish maqsad qilgan butun jahon qamrab olgan Shayton kuchi haqida ogohlantirgan edi. Millionlab odamlar soxta shanbani Xudoga itoat qilish kuni sifatida qabul qilib aldangan bo‘ladilar. Agar shayton bizni yettinchi kunni unutishga majbur qilsa, u umid qilyaptiki, biz Xudoni ham unutib qo‘yamiz. Ammo, haqiqiy shanbani rioya qilsagina, biz Yaratguvchimizga sadoqatimizni namoyish etyapmiz, va orom, yengil bo‘shashlikka va dam olishga ega bo‘lyapmiz.

Xudoning oromiga qanday qilib ega bo‘lishimiz mumkin?

Muso payg‘ambari yozganidek: “Xudo yettinchi kunni muborak qilib, muqaddas qildi.” (Ibtido 2:3) Ehtimol, siz hozir toliqish va toyishni his qilyapsiz. Shanba kuni sizlarga barakalarni olib beradi!

Indoneziyalik kopirayter bo‘lgan Mita Dyuran toliqishdan vafot etdi, ammo biz uning taqdirini takrorlashga shart emasmiz. Xudo sizlarni har haftada o‘z mehnatlaringizdan dam olishga, va shanbaning barakalardan bahramand olishni chorlamoqda.

Mabodo, Xudo O‘zining orom, shifo va tinchlikni qanday berayotganligini bilmoqchi bo‘lsangiz, u holda bukletning orqa tomonidagi kontaktlar bo‘yicha biz bilan bog‘laning.

Copyright @ 2023 by Sharing Hope Publications. Ushbu material ruxsatsiz notijorat maqsadlarda chop etilishi va tarqatilishi mumkin.
Muqaddas Kitobning oyatlari Muqaddas Kitobni tarjima qilisg instituti va O'zbekiston Bibliya Jamiyati hamkorligida 2016 yilda tayyorlangan Muqaddas Kitobidan o'zbek tiliga tarjimasidan olingan.

Bizning axborot byulletenimizga obuna bo'ling

Yangi nashrlar qachon paydo bo'lishini birinchi bo'lib bilib oling!

newsletter-cover