Qanday qilib mustaqil o‘ylash kerak?

Qanday qilib mustaqil o‘ylash kerak?

Xulosa

Xudoning payg'ambarlari shartli ravishda "Bobil"deb nomlangan xavfli diniy kuchning paydo bo'lishini bashorat qilishgan. Ushbu bashoratga ko'ra, bu kuch bizga yolg'on ibodat qilish uchun kuch va hiyla ishlatishga harakat qiladi. Muqaddas kitobda Xudoning irodasiga sodiq qolgan holda, biz o'zimizni xavfsiz his qilishimiz mumkin. Ushbu risola butun dunyo bo'ylab inqiroz paytida donolik va mulohaza yuritish uchun ongingizni qanday mustahkamlash haqida.

Turi

Tract

Nashriyotchi

Sharing Hope Publications

Mavjud

40 Tillar

Sahifalar

6

Yuklab olish

Biz uzoq ko‘tarilishdan so‘ng, hozirgina Gunung Datuk cho‘qqisini zabt etishga muvaffaq bo‘ldik. Biz mening yangi do‘stim Adzak bilan manzaradan bahramand bo‘lish uchun toshga o‘tirdik. Ko‘p o‘tmay suhbatimiz diniy mavzularga o‘tdi.

- Men erkin fikrlaydigan odamman - dedi Adzak. - Menda o‘z dunyoqarashim bor.

- Ha - men javob qaytardim. - Eshitishimcha, Malayziyada ko‘pgina yoshlar o‘zini erkin fikrlaydigan odam, deb atashmoqda.

Adzak jilmayib: To‘g‘ri-da, biz o‘z boshimiz bilan o‘ylashimiz kerak-ku. Yo‘qsa, chigal vaziyatlar ko‘p bo‘ladi-ku. Bu holdan aqldan ozish hech gap emas. 

- Uyga qaytsang-chi, nima bo‘ladi? - deb so‘radim. - Shu yerda, Malayziyada, ko‘plab yoshlar o‘zini erkin fikrlaydiganmiz, deb uyga qaytsangiz o‘zingizlardan islom va budda marosimlarda ishtirok etishi talab etilyapti-yu. Ota-onangizga nima aytasan?

- Men ularga hech nimani aytmayapman - dedi Adzak. - Men, shunchaki ular aytgan narsalar bilan ko‘naman. Men erkin fikrlashim mumkin-u, ammo o‘z o‘ylarimni o‘zimda saqlashim kerak.

Erkin fikrlash qanchalik muhim hisoblanadi?

Yer yuzining ayrim hududlarda jamiyatga zid fikrlashi quvg‘inga, jabr-zulmga, ishdan haydalishga va hattoki o‘ldirishiga olib kelishi mumkin. Mustaqil fikrlash xavfli bo‘lishi mumkin. Ammo, bu narsa qanchalik muhim o‘zi?

Dunyomizda ko‘pgina yaxshi va yomon g‘oyalar mavjud. Ammo, yaxshilikni yomonlikdan ajratishga yordam beradigan bir usul bor - biz o‘sha narsalar haqida o‘ylashlarimiz va aytishlarimiz kerak. Agar siz qandaydir qimmatbaho narsani, masalan tilloni, za’far yoki iPhone olsangiz, siz shunchaki pulni berib, mahsulotni uyga olib ketmaysiz-ku. Siz avvalo uni tekshirasiz, raqobatchilarning mahsulotlari bilan solishtirasiz, va bundan keyingina bu yuqori sifatli mahsulot ekanligi xulosaga kelasiz. G‘oyalarga ham xuddi shunday muomalada bo‘lishimiz kerak.

Dunyoda chalkashliklar mavjud, va odamlar jamiyatga o‘zining chalkashib ketgan g‘oyalarni singdirmoqchi bo‘lsa, bundan vaziyat yanada chigallashadi. Menga bitta muhim bashorat haqida aytishga ijozat bering. “Iso Masih Vahiysi” degan qadimgi kitobida bir bashorati ko‘pgina odamlarga o‘zining chalkashib ketgan g‘oyalarni singdirayotgan odamlar guruhi haqida gap ketmoqda. “Vayron bo‘ldi! Vayron bo‘ldi buyuk Bobil shahri! Bobil shahvoniy hirsi sharobidan hamma xalqlarga ichirgan edi.” (Vahiy 14:8) - deb yozilmoqda.

Ushbu ramziy ma’nodagi so‘zlarni tushunish u qadar qiyin emas. Bobil qadimdagi mashhur shahar edi, ammo uning nomi “chalkashlik” degan ma’noni anglatadi. Bu shahar adashganligi sababli emas, balki o‘z chalkashligini va tartibsizligini olib tashlamagani uchun vayron bo‘ldi. U boshqa xalqlarni yo‘ldan urib, o‘zining ruhiy zinoga qo‘shilishga va Xudoni xiyonat qilishga undayapti, bu bilan haqiqiy e’tiqodini yolg‘on e’tiqodi bilan aralashtirmoqda. Ushbu yolg‘on g‘oyalar odamlar tomonidan haqiqat, deb qabul qilinmoqda. Bobil haqidagi bashorati butunjahon ruhiy vaziyatiga borib taqaladi, u ruhiy yanglishmovchilikni normal holat deb, qabul qilib, oxir-oqibatda haqiqatni biladigan odamlarga shu g‘oyalarni singdirishmoqchi bo‘lishadi.

Iso Masih Vahiysi bashoratiga binoan bu holat bizning kunlarda sodir bo‘ladi. Ehtimol, siz shu holatni ko‘rishga ulgurgansiz. Ehtimol, atrofingizda Xudo haqida yolg‘on tasavvurlarni tarqatayotgan odamlar bordir? Insofingizga qarshi borgan paytlaringiz bo‘lganmikin?

Aynan shu sababdan mustaqil fikrlashimiz zarur.

Qanday qilib mustaqil o‘ylash kerak?

Aksariyat odamlar jamiyatda qabul qilingan dinga e’tiqod qilayotganligi bilan mamnun bo‘lmoqda. Aslida, ular o‘z e’tiqodi haqida o‘ylamayaptilar. Ular shunchaki o‘zining diniy urf-odatlarga amal qilmoqda, bulardan ko‘pchiligida na ma’no bor, na qandaydir foyda bor. Ba’zida, Xudoga yo‘l ko‘rsatishi lozim bo‘lgan diniy yetakchilar o‘zlari gunoh va axloqsizlik botqog‘ida botmoqda.

Xo‘sh, biz qanday qilib haqiqatni topishimiz mumkin? Men payg‘ambarlarga ishonishga tavsiya qilgan bo`lardim. Nega? Bunga uchta sabab bor:

  1. Payg‘ambarlar kelajakni ko‘ra olish qobiliyatiga egalar. Doniyor payg‘ambari Yevropaning yuksalishini uning dunyoning mustamlakachi tarixiy holatidan ancha oldinroq bashorat qilgan edi. Iso Masih Quddusning milodiy 70 yildagi vayron bo‘lishini ancha oldin bashorat qilgan edi. Muso payg‘ambari Ismoil naslining tarixini oxirzamongacha bashorat qilgan edi.

  2. Payg‘ambarlar sog‘liq sohasida g‘aroyib bilimlarni namoyon etmoqdalar. Misol uchun, 3500 yil avval yashagan Muso payg‘ambari karantin qoidalarni, najas va chiqindilarning gigiyenik utilizatsiya qilish qoidalarni, hamda tozalik qoidalarni tushuntirib yozgan edi. Misol uchun, u barcha hayvonlarni halol va haromlarga ajratib qo‘ygan edi. Shuningdek, u bizga halol go‘shtini yeyish vaqtida qon yoki semiz bilan yemaslikni buyurdi. Bugungi kunda ham ushbu parhezni va tibbiy qonunlarni amal qiladiganlar, boshqa aholidan qaraganda o‘rtacha 15 yil ko‘proq yashaydi.

  3. Xudo Unga ishonadiganlarga va Uning
    payg‘ambarlarning so‘zlariga ishonadiganlar iymonlilarning ibodatlariga javob beryapti. 

Payg‘ambarlarning kitoblari nasihatlarga boy, ammo ulardan foydasini chiqarish uchun biz tanqidiy ravishda o‘ylashimiz, o‘z e’tiqodlarimizni sinashimiz va o‘z imonimizning guvohliklarni tekshirishimiz kerak. Fikrlash - haqiqiy dinining muhim qismidir.

Biz biror yanglish holatini tekshirayotganimizda nima bo‘lyapti? Boshida, bu holat bizga haqiqatga o‘xshashligi mumkin. Isbotlarni tobora topish maqsadida biz shu nuqtai nazarning muammolarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lyapmiz. 

Haqiqat bilan esa buning teskarisi bo‘lyapti. Hattoki haqiqatni sinchiklab tarzda tekshirishi unga hech qanday zararni keltirmaydi. Haqiqatni qanchalik ko‘proq o‘rgansak, uning haqiqiyligiga yanada ko‘proq amin bo‘lyapmiz. 

Iymonlilar dunyodagi eng dono odamlar bo‘lishlari kerak, chunki Xudo bizlarni donolik yo‘liga yetaklayapti. Agar siz erkin fikrlashga va savollarni berishga man etilgan holatga tushgan bo‘lsangiz, bunday holat Xudodan emasligi aniq. U bizlarni sinchkovlik bilan tadqiqot qilishga taklif etmoqda, chunki haqiqat har qanday sinovdan o‘tishdan qodir. Bobil esa, o‘z navbatida bizlarni yo‘ldan urib, yanglishda ushlashni xohlayapti, va aqliy urinishlar qilishimizga to‘sqinlik qilyapti.

Agar siz yo‘lda adashib, Bobilga tushgan bo‘lsangiz, undan tezroq chiqing! Xudoning donolik yo‘liga o‘ting! O‘z boshingiz bilan o‘ylang va qattiq savollarni bering! Siz adashmaysiz. 

Iso Masihning Vahiysi haqida yanada ko‘proq bilmoqchimisiz? Bukletning orqa tomonidagi kontaktlar bo‘yicha biz bilan bog‘laning.

Copyright @ 2023 by Sharing Hope Publications. Ushbu material ruxsatsiz notijorat maqsadlarda chop etilishi va tarqatilishi mumkin.
Muqaddas Kitobning oyatlari Muqaddas Kitobni tarjima qilisg instituti va O'zbekiston Bibliya Jamiyati hamkorligida 2016 yilda tayyorlangan Muqaddas Kitobidan o'zbek tiliga tarjimasidan olingan.

Bizning axborot byulletenimizga obuna bo'ling

Yangi nashrlar qachon paydo bo'lishini birinchi bo'lib bilib oling!

newsletter-cover