
Sizga mo`‘jiza kerak-mi?
Xulosa
Xudo har doim O'z xalqi uchun eng zarur bo'lgan paytda mo'jizalar ko'rsatgan. Muqaddas kitobda amalga oshirilgan bashoratlar, shifo topgan odamlar va faqat ibodatga javoban sodir bo'lgan aql bovar qilmaydigan voqealar haqida ko'plab hikoyalar mavjud. Ushbu risolada biz Muqaddas kitobga Xudoning o'zgarmas kalomi sifatida ishonishimiz mumkin bo'lgan bir qancha sabablar, shuningdek, Xudo bilan o'z mo'jizamizni boshdan kechirishimiz haqida so'z boradi.
Turi
Tract
Nashriyotchi
Sharing Hope Publications
Mavjud
40 Tillar
Sahifalar
6
Bir kuni, qarindosh-urug‘larda bo‘lgan ko‘p sonli oilalar yaxshiroq hayot kechirish maqsadida boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishga qaror qilishdilar. Ammo, ushbu sayohati oson kechgani yo‘q, ularga kattagina sahroni piyoda bo‘lib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Ularga ilonlar, chayonlar va jazirama issiqlik bilan to‘qnash kelishga to‘g‘ri keldi. Agar kasal yoki zaif bo‘lgan oila a’zolari karvondan orqada qolganida, ularga bosqinchilar hujum qilar edi.
Ko‘p o‘tmay ularda ovqat tugadi, ammo ularning boshlovchisi Xudoga iltijo qilib, mo‘`jiza qilishga so‘radi. Keyingi kunda uyqudan uyg‘onib, odamlar atrofini qoplangan nonga o‘xshagan qandaydir tishlamlarini ko‘rishdi. Ular ta’miga ajoyib bo‘lib asal bilan vaflisiga o‘xshab ketardi. Bular hamma odamlarga yetdi. Hech kim och qolmadi! Odamlarga sahro o‘tishga yana ko‘p vaqt kerak bo‘ldi, va har kuni shu non osmondan tushar edi. Xudoga shukr-ki, ular endi qutqarilgan edilar!
Ushbu voqea haqiqatdan yiroq tuyulishi mumkin, ammo u darhaqiqat sodir bo‘lgan edi. Bu voqea Tavrotda, Zaburda, Injilda, xullas Muqaddas Kitobida aytib o‘tilgan m‘jizalardan biri xolos. Muqaddas Kitobida mo‘jizalarda asoslangan yuzlab haqiqiy voqealar bor, o‘sha m‘jizalarni Xudo odamlarning hayotida qilgan edi. Bu bizning davrimiz uchun muhim kitobidir, chunki ko‘p sonli odamlar bugungi kunda o‘zining mo‘jizasiga muhtoj bo‘lyapti.
Zamonaviy mo`‘jizalar
So‘nggi yillarda biz fuqarolar urushlarning, inqiloblarning, iqtisodiy inqirozlarning, ishsizliklarning, infeksion kasalliklarning va ko‘pgina o‘limlarning guvohiga aylangan edik. Siz hozir qanday vaziyatga tushganligingizni men aniq bilmayman. Ehtimol, sizga qadrdon uyni tashlashga, va o‘z oilani qutqarish uchun qochishga to‘g‘ri keldi. Ehtimol, sevimli odamingiz tang ahvoliga tushib, o‘z hayoti uchun kurashyapti. Ehtimol, sizga ishni topish qiyin bo‘lmoqda.
Sizining vaziyatingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Xudo siz uchun g‘amxo‘rlik qilyapti, qadimgi zamonlarda bo‘lgani kabi, bugun ham siz uchun m‘jizani qilishga tayyor. Siz qayg‘uda bo‘lsangiz, mo‘jizalar kitobi bo‘lgan Muqaddas Kitobini o‘qib, ruhiy madadini olasiz.
Zamonimiz uchun Xudoning so‘zlari
Ayrim odamlar Muqaddas Kitobni o‘qishga jazm etolmayapti, chunki ularning eshitishicha Muqaddas Kitobni kimdir qandaydir tarzda o‘zgartirgan edi. Ehtimol, ushbu yanglish Muqaddas Kitobni rioya qilyapman deganlarning hayot tarzi bilan bog‘liq. Ba’zida ko‘ryapmizki, masihiylar alkogol ichyapti, qimorga qo‘l uryapti, axloqsiz kiyimlarni kiyishadi, cho‘chqa go‘shtini yeyishadi, va bir-biri bilan yomon muomala qilyapti.
Aslida, barcha ushbu harakatlarni Muqaddas kitobi mahkum etyapti. Masihiylar Xudoga itoatsiz holda yashasa ham, bu Uning abadiy Kalomini rad qilmayapti. Ishayo payg‘ambarining so‘zlariga ko‘ra: “O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi, Xudoyimizning kalomi esa abadiy turadi.” (Ishayo 40:8) Nima deb o‘ylaysiz, nahotki odamlar shunchalik kuchli, ular Xudoning kalomini o‘zgartirishga qodir ekan? Ehtimol, ular shunchaki Xudoning kalomini yolg‘on nurida taqdim qilyapti, shunday tuyulmayaptimi?
Muqaddas Kitobida bitta voqea bor, unda Dovud payg‘ambari o‘z odamlari bilan “ahd sandig‘i” deb nomlangan katta oltin sandig‘ini olib ketgan edi, uning ichida O‘nta amri bo‘lgan edi. O‘nta Amri - bu ma’naviy va ruhiy hayoti uchun Xudoning qonunlari hisoblanadi. Ular ikkita katta tosh lavhasida yozilgan bo‘lib, oltin sandig‘iga qo‘yilgan edilar. Kuzatuvchilardan biri qo‘lni cho‘zib sandiqni tegishga jur’at etganida, darhol o‘lib qoldi.
Agar Xudo bu o‘ziga haddan tashqari ishongan odamga tabarruq narsaga tegishni ruxsat bermaganini inobatga olsak, U boshqa yomon odamlarga ham Uning kalomiga yaqinlashishga va uni o‘zgartirishga imkon bermaydi, shunday emasmi? Xudo buyukdir, va O‘z Kalomini himoya qilishga qodir.
Aslini olganda, Muqaddas Kitob insoniyat tarixida vaqt sinovidan o‘tgan eng ishonchli kitobidir. Bir necha yil oldin uchta arab cho‘ponlari - Muhammad ad-Dhib, Juma Muhammad va Halil Musa Falastinda O‘lik dengizining o‘rog‘lari, deb nom olgan qadimiy kitoblarni topgan edilar. Bu yirik arxeologik topilmasi bo‘lgan, va bugungi kundagi Muqaddas Kitobni 2000 yillik qadimiy qo‘lyozmalar bilan solishtirishga imkon yaratdi. Matnlarning o‘xshashligi hayratlanarli edi, bu bilan Xudoning so‘zlarini odamlar tomonidan o‘zgartirib bo‘lmasligi yana bir bor ko‘rsatilgan edi. Agar sizga mo`‘jiza zarur bo‘lsa, ishonavering, Muqaddas Kitobi ishonchingizga loyiq! Unda siz Nuh, Ibrohim, Yusuf, Yunus, Doniyor, Dovud, Sulaymon kabi payg‘ambarlarning tarixini topishingiz mumkin. Ehtimol, siz ular haqida boshqa manbalardan eshitgan edingiz, ammo Muqaddas Kitobida ular haqida boshidan oxirigacha aytilmoqda.
O‘z mo`‘jizangizni boshingizdan kechiring
Qanday inqiroz uchrashingizdan qat’i nazar, Muqaddas Kitobida siz uchun maxsus hikoyasi bor:
Ehtimol, bugun siz, yoki yaqinlaringizdan biri kasallikka uchragan. Unda suriyalik lashkarboshi bo‘lgan No‘monning teri kasalligidan mo`‘jizaviy shifo topilgani haqida o‘qing.
Oilangizni boqish maqsadida, kuchlaringiz qolmadimi? Unda Livandagi beva va uning o‘g‘li haqida o‘qing, ular uzoq cho‘zilgan ocharchilikni tugamas bo‘lgan kichkina ko‘zachasidagi moy bilan un hovuchi bilan yengib o‘tishgan edilar.
Hayotingiz xavf ostida-mi? Unda Abdul-Malik nomli shohning saroyidan efiopiyalik quli haqida o‘qing, u urush paytida o‘zining Xudoga iymoni tufayli qutulgan edi.
O‘zingizni yolg‘iz, deb his qilyapsizmi? Unda misrlik Hojar haqida o‘qing, u odamlardan rad etilgan bo‘lib Xudoning mo`‘jizalarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.
Ro‘zg‘or ishlaringizdan boshingiz aylanyaptimi? Unda Iso Masih qo‘lini cho‘zib, dengizni tinchlantirganini va shogirdlarini kema halokatidan qutqargani haqida o‘qing.
Mo`‘jizaviy javoblar
Muqaddas Kitobini o‘qib, biz yaxshi niyatlar bilan ibodat qilishimiz mumkin deb, ishonishimiz mumkin. Iso Masih bu borada shunday aytgan edi: “Ishoning, shunda ibodatda so‘ragan har qanday narsani olasiz.” (Matto 21:22) O‘z hayoti mobaynida Xudoning mo`‘jizalarni ko‘rgan odamlari haqida o‘qiganimizda, yuraklarimiz umidga to‘ldirib olmoqda, chunki biz ham o‘z iltijolarimizni Xudoga yo‘naltirishimiz mumkin.
Sizga m‘jiza kerak-mi? Muqaddas Kitobida yozilgan mo‘jizalar bilan ruhlaning, va Xudoni hayotingizda mo`‘jizasini taqdim etishga so‘rang. U albatta bugunoq ibodatingizni eshitadi!
Muqaddas Kitobidagi mo`‘jizalar haqida ko‘proq bilishni xohlasangiz, bukletning orqa tomonidagi kontaktlar bo‘yicha biz bilan bog‘laning.
Copyright @ 2023 by Sharing Hope Publications. Ushbu material ruxsatsiz notijorat maqsadlarda chop etilishi va tarqatilishi mumkin.Muqaddas Kitobning oyatlari Muqaddas Kitobni tarjima qilisg instituti va O'zbekiston Bibliya Jamiyati hamkorligida 2016 yilda tayyorlangan Muqaddas Kitobidan o'zbek tiliga tarjimasidan olingan.
Bizning axborot byulletenimizga obuna bo'ling
Yangi nashrlar qachon paydo bo'lishini birinchi bo'lib bilib oling!
