Rahmdillikka tashnalik

Rahmdillikka tashnalik

Xulosa

Xudoning rahm-shafqati nimaga o'xshash? Xudo shunchaki "Men seni kechiraman" deb aytadimi yoki U bizning barcha sharmandali gunohlarimizni tozalaydigan qurbonlik keltiradimi? Ushbu risolada moslashtirilgan hikoya mavjud bo'lib, u bizga almashtirish qurboniga bo'lgan ehtiyoj va uning ahamiyatini tushunishga yordam beradi. Kitobhonlar gunohlari kechirilishi va aybdorlik hissi yuvilib ketishi mumkinligini anglab, umid topadilar.

Turi

Tract

Nashriyotchi

Sharing Hope Publications

Mavjud

40 Tillar

Sahifalar

6

Yuklab olish

Fotima Qurbon Hayit bayramida o‘zini yolg‘iz his etgan edi. Uning yolg‘izligi shu qadar kuchli edi-ki, buni chidash ancha qiyin bo‘lgan edi. Bunday holatda uning o‘zidan boshqa aybdori yo‘q edi, shunday emasmi?

Fotima ota bilan Ahmad bilan turmush qurishi haqida jon achchig‘i bilan bahslashganini esladi. O‘sha paytda u yosh edi va uni qattiq sevgan edi. Otasi uning iltimosiga qanday qilib rad javobini bergan bo`lardi? Ahmadga turmushga chiqish uchun uydan qochganida, ota unga endi ota-onaning uyiga qaytish yo‘li yo‘q degan edi.

O‘sha paytda u Ahmadga sevgi sababdan har qanday sharmandani chidashga qodirman, deb o‘yladi. Ammo, ko‘p o‘tmay, u otasi haq bo‘lganligini tan olishga majbur bo‘ldi. Ahmad, u o‘ylaganidek, erkak bo‘lib chiqmadi. Birozdan keyin u Fotimani tashlab, boshqa ayolga ketib qoldi.

Fotimaga o‘zi uchun uyalgandi. Unga tuyulgan-ki, shu jazo adolatli bo‘lib, u esa shu jazoga loyiq edi. Uning xatolari uchun to‘laydigan vaqti keldi, deb o‘yladi. U adolat qanday bo`lishi kerakligini yaxshi anglagan edi. Ammo uning yuragi rahmdillikka tashna edi!

Eng Mehribon va Rahmdil

Agar o‘z-o‘zimizni aldamasak, hammalarimiz qilgan xatolarni, va donolikka zid ravishda harakat qilganimizni tan olgan bo‘lar edik. Biz odamlarni xafa qilgan edik. Kimdir esa bizni xafa qilgan edi. Biz doimiy ravishda xato qiladigan odamlar orasida yashaymiz. Bizga biror kimsani kechirish qanday og‘ir bo‘lsa, o‘zimizni ham kechirish og‘irlik qilyapti! 

Xatolarimiz uchun kechirimni qo‘lga kiritishimiz mumkin-mi?

“Bismillohir Rahmoni Rahim” - “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan” degan oddiy so‘zlarini qanchadan-qancha takror va takror aytganingizni bir eslang. Rahmdillikning noyob jihatlari nimada ekan?

Ehtimol, gap shundaki, yuragimiz ham va jamiyatimiz ham rahmdillikka muhtoj bo‘lyapti.

Rahmdillk: eng yaxshi yo‘lidir

Bir necha yil oldin Abdul-Rahmon ismli odam o‘z qo‘shni Karim bilan mushtlashib, uni o‘ldirgan edi. Ushbu voqea Misrdagi kichkina qishlog‘ida sodir bo‘ldi, va endi ikkala oila uchun hayot go‘yoki to‘xtatganidek bo‘ldi. Karimning oilasi o‘ch olishiga tashna edi, Abdul-Rahmonning oilasi esa qasosdan xavotirlanib, uni himoya qilmoqchi edilar. Abdul-Rahmon shu mojaroga nuqta qo‘ymoqchi edi. U qishloq oqsoqollariga murojaat qildi, ular esa unga kafan kiyish marosimidan o‘tishni tavsiya qilishdi.

Abdul-Rahmon o‘zining oq kafanini olib keldi, uning ustiga esa pichoqni qo‘ydi. Butun qishloqning ko‘zlari oldida u bozorning maydoniga bordi, u yerda uni Karim oilasi kutgan edi. Abdul-Rahmon o‘ldirilgan Karimning akasi bo‘lgan Habib oldida tiz cho‘ktirib, unga pichoq va kafanni taklif qildi. U undan rahmini so‘rab, yarashmoqchi bo‘lgan edi.

Habib pichoqni Abdul-Rahmonning tomog‘iga qo‘ydi. Shu paytda qishloq oqsoqollari qo‘chqorni olib kelishgan va Habibga qarorni qabul qilish kerak edi: yo rahmdillikni namoyon qilish, yo qasos olish. Abdul-Rahmonning tomog‘i oldidagi pichoq xuddi “Sen endi mening qo‘limdasan. Bu holat hamma odamlarning ko‘z ongida, va hamma biladi-ki, menda seni o‘ldirish haqqi ham bor, imkoniyati ham bor. Ammo men rahmdillikni va yarashuvni tanlayman. Men ushbu qonli qasosga nuqta qo‘yaman.” - deb aytgandek bo`lgandi.

U Abdul-Rahmon orqasiga o‘girib, pichoqni qo‘chqorga tikdi. Alam, g‘azab va adolatning oqimi hayvonga to‘kib solganidan keyin Habib Abdul-Rahmonni quchoqlab oldi. Ikki oila o‘rtasida yana tinchlik qayta tiklangan edi. 

Mabodo, odamlar adolat bilan rahmdillikni bir-biri bilan ishlatish yo‘lini topishga qodir bo‘lsa, Xudovand ham so‘zsiz buni qilishga qodir.

Iso Masih: Xudodan mehribonligi

Xudoning mehribonligi haqida qayerdan bilishimiz mumkin? Hammasi oddiy. Eshitgan bo‘lsangiz, Iso Masihni Xudoning “Mehribonligi” deb ataladilar. Bu degani, U to‘liq ravishda rahmdillikning aks ettirishi bo‘lyapti. Uning Yo‘li, Injildagi ta’limoti - bu yarashuv va kechirish yo‘lidir. 

Iso Masih ushbu vazifani bajarishga qodir, chunki Xudo yuborganlardan faqat U begunoh va benuqson edi. Har bir payg‘ambar va muqaddas rasululloh kechirimga muhtoj edi, ammo Iso Masih bundan mustasno. U Qiyomat kunini o‘lik holda kutish o‘rniga darhol samoga ketgan edi, chunki hech qachon, hattoki arzimagan xatoni ham qilgani yo‘q.

Shu sababdan Uni “Xudoning mehribonligi” deb ataladilar. U bizga sof mehribonlikning ibratini ko‘rsatdi, va Xudoning rahmdillikka qanday qilib ega bo‘lishni o‘rgatdi.

Iso Masih menga qanday qilib yordam berishi mumkin?

Muqaddas Kitobida yozilganidek, Yahyo cho‘mdiruvchi Isoni olomonda ko‘rib va Xudodan ruhlantirib aytdi: “Ana Xudoning Qo‘zisi! U dunyoni gunohdan poklaydi.” (Yuhanno 1:29) Iso Masih Abdul-Rahmon uchun yarashuv imkonini bergan qo‘chqorga o‘xshaydi. 

Agarda siz o‘z xatolar uchun jazoni olgan bo‘lsangiz, bu adolatlidir. Ammo, Iso Masih begunoh bo‘lib, ixtiyoriy ravishda xatolarimiz uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga qaror qildi. Uni bu ishni qilishga hech kim majbur qilgani yo‘q. U adolatning talablarni bajarish uchun ixtiyoriy ravishda jonini fido qildi. Yerda yashaganlar orasida U butunlay aybsiz bo‘lib, shunday bo‘lsa-da, Abdul-Rahmon voqeasida qo‘chqor bilan qanday tutganday O‘zi bilan shunday tutishga yo‘l qo‘ygan yagona inson bo‘ldi. Shuning uchun, U bizlar uchun azob chekkanidan keyin Xudo Uni osmonga ko‘targan edi. 

Ehtimol, hayotingizda qandaydir mojaro bor. Ehtimol, siz Fotimaga o‘xshab sevgan odamlaringizdan ayrilgansiz. Ehtimol, kimdir sizni xafa qildi yoki obro‘ingiz adolatsiz tarzda jabr ko‘rdi. Ehtimol, siz Abdul-Rahmonga o‘xshab aybdorsiz va jazo olishdan qo‘rqasiz.

Iso Masih sizga yordam berishi mumkin. Siz shunchaki Xudovandga shunday ibodat bilan iltijo qilishingiz mumkin:

Yo Rabbim, men hech qachon gunohlarimni yuvib olmayman. Ammo, bilaman-ki, Sen O‘zining mehribonlikni namoyon qilish uchun Iso Masihni yuborgansan. Iltimos, U insoniyat qilgan ezgulik haqi meni kechirgin. Menga Iso Masihning yo‘lini anglashga yordam bergin, men mehribonligingni o‘z hayotimda sinab ko‘rish uchun imkon bergin. Omin.

Agar siz Injil kitobini olmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan bukletning orqa tomonidagi kontaktlar orqali bog‘laning.

Copyright @ 2023 by Sharing Hope Publications. Ushbu material ruxsatsiz notijorat maqsadlarda chop etilishi va tarqatilishi mumkin.
Muqaddas Kitobning oyatlari Muqaddas Kitobni tarjima qilisg instituti va O'zbekiston Bibliya Jamiyati hamkorligida 2016 yilda tayyorlangan Muqaddas Kitobidan o'zbek tiliga tarjimasidan olingan.

Bizning axborot byulletenimizga obuna bo'ling

Yangi nashrlar qachon paydo bo'lishini birinchi bo'lib bilib oling!

newsletter-cover