Yovuz ruhlardan o‘zingni qanday xavfsizlantirsa bo‘ladi?

Yovuz ruhlardan o‘zingni qanday xavfsizlantirsa bo‘ladi?

Xulosa

Yovuz ruhlar, albatta, ma'lum bir kuchga ega. Ammo ular Iso Masih kabi kuchli emas. Ushbu risolada Iso qanday qilib azob chekayotgan odamlardan jinlarni quvib chiqargani va ularga shifo topishga yordam bergani haqida hikoya qilinadi. U bugun ham biz uchun shu ishni qilishga tayyor. Uning kitobi bizga jinlar ta'siridan va zulmdan xalos bo'lish uchun bilishimiz kerak bo'lgan hamma narsani o'rgatadi. Shuningdek, U yerga qaytishidan oldin, Masihni taqlid qilgan iblis kuchlari tomonidan aldanishdan qanday qochish kerakligini o'rgatadi.

Yuklab olish

Jinlar har yerda mavjud bo‘lmoqda. Ularning atalishdan qat’i nazar, goh u ruhlar, arvohlar, jinlar, shaytonlar - ularning bari qo‘rqinchlidir. Har xil tabiblar, jodugarlar va har turdagi tumorlar doimo katta talabga ega bo‘lmoqda, ammo ular haqiqatdan ham himoya qila olishadimi?

Men bugun sizlarga yovuz ruhlardan himoya qilishga va ularning oldida qo‘rquvda bo‘lmaslikga yordam beruvchi uchta oddiy qadam haqida gapirmoqchi edim.

Yovuz ruhlardan himoyasi

Qip-yalang‘och bo‘lgan odam jinniday baqirgan edi. U ko‘pgina jinlar tomonidan chalingan edi, va unga hech kim yordam berishga qodir emas edi. Qishloq ahli uni zanjirlar bilan bog‘lashga uringan edilar, ammo u odamlarga xos bo‘lmagan kuchi bilan bu zanjirlarni uzib tashlab, qabrlar oldida yolg‘iz o‘zi yashash uchun qochib ketdi. U kunlar bo‘yi achchiq yig‘lab, o‘zini toshlar bilan yaralab qilgan edi.

Keyin esa o‘sha joyda Iso Masih degan kishi hozir bo‘ldi.

Jinlarga chalingan odam ularning hokimligida edi, shuning uchun u Iso Masihdan yordam so‘rash uchun og‘zini ochgan bir paytida jinlar Isoga ularni tinch qo‘yishga baqirib so‘radilar. Ammo Iso ketmadi. U nima ro‘y berayotganini yaxshi bilgan edi. Hech qanday qo‘rquvsiz, U jinlarga bu kishini tark etishga buyurdi.

Jinlar Isodan: “Bizlarni tubsiz chuqurlikka yubormagin!”, deb yolvorib so‘radilar. Ular Isodan tog‘ning yon bag‘rida o‘tlab yurgan cho‘chqa podasiga yuborishni so‘radilar. Iso ularga bu kishini tinch qo‘yishga, harom hayvonlarga borishga buyurdi. Bundan keyin bu kishiga darhol sog‘lom es-hushi qaytdi, butun cho‘chqalarning podasi esa qoyadan dengizga sakradi.

Nihoyat, bu kishi ozodlikka ega bo‘ldi. Uning yuragi minnatdorchilikka to‘lib toshdi. Ammo, bu yagona holat bo‘lgani yo‘q. Iso Masih yovuz ruhlar ustidan katta hokimiyatiga ega edi. U qayerda bo‘lmasin, doimo jinlar chalingan odamlarni ulardan qutular edi. Iso, shuningdek O‘z shogirdlariga iblis ustidan hokimiyatini ham bergan edi:

Men sizlarga shaytonning butun kuch-qudratini oyoq osti qilish hokimiyatini beryapman. Hech narsa sizga zarar yetkazmaydi. Biroq jinlar sizga buysunayotganidan xursand bo‘lmanglar, balki nomlaringiz osmonda yozilganidan xursand bo‘linglar (Injil. Luqo Xushxabari 10:19-20).

Biz Isoga ergashib borayotganimizda, bu hayotda xavfsizlikka, kelgusi hayotda esa ishonchga ega bo‘lyapmiz! Keling, endi yovuz ruhlardan ozod bo‘lish uchun uch qadamni ko‘rib chiqamiz.

Birinchi qadam: Iso Masih nomida mavjud bo‘lgan kuch-qudratini qabul qiling

Birinchi qadam Iso Masih nomi bilan Xudoning himoyasini izlashdan iborat bo‘lyapti. Chunki biz o‘zimiz zaif bandalarimiz. Hayotimizda Iso Masihning nomi yuksalib borayotganida, yovuz ruhlar ojiz bo‘lmoqda! Iso O‘zining shogirdlari borasida shunday dedi: “Mening nomim bilan jinlarni quvib chiqaradilar.” (Mark Xushxabari 16:17)

Agar Iso Masih sizni xalos etadi, deb bor vujudingiz bilan ishonsangiz, U buni albatta qiladi! Shunchaki Xudoni bu haqda iltijo qiling: “Rabbim! Meni Sen yuborgan Iso Masih nomi yovuz ruhlardan xalos etishga iltijo qilaman!”

Ikkinchi qadam: Ichki va tashqi poklikka intiling

Iso Masih biz shaytonga hech qanday imkoniyat bermasligimiz kerakligi haqida uqtirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra: “Bu dunyoning yovuz hukmdori kelyapti. U Menga hukmini o‘tkaza olmaydi.” (Yuhanno Xushxabari 14:30) Biz hayotimiz har qanday yomon ta’siridan tozalashimiz kerak. 

Isoning “U Menga hukmini o‘tkaza olmaydi” so‘zlari nimani anglatyapti? Bu degani, yuragimizda, uyimizda shaytonga tegishli bo‘lgan hech qanday narsa bo‘lmaslik kerak. Biz irim-sirimlardan, har qanday tumorlardan xalos bo‘lishimiz kerak. Shuningdek, biz ichkilik, giyohvandlik va pornografiya ko‘rish kabi illatlardan ham o‘zimizni tiyishimiz kerak. Mabodo, biz o‘liklar bilan muloqot qilish yoki la’natlanish kabi marosimlarni amal qilayotgan bo‘lsak, u holda biz shu kabi ishlarni zudlik bilan to‘xtatishimiz kerak. Shunday tarzda biz o‘zimizning tashqi atrofimizni jinlarning ta’siridan tozalaymiz. Keyin esa, biz Xudoga ibodat qilib, ichimizni pok qilishini so‘rashimiz kerak.

Uchinchi qadam: Hayotingizni nur bilan to‘ldiring

Iso Masih sizni jinlarning hokimiyatidan qutulganidan so‘ng, Uni hayotingizni boshqarishga taklif qiling. Yuragingizni bo‘shlikda qoldirmang. Iso Masih shunday aytdi:

Yovuz ruh insondan chiqqandan keyin, huzur-halovat izlab, suvsiz yerlarni kezadi, lekin topmaydi. So‘ng: “Chiqqan uyimga qaytib boraman”, deydi. Uyiga kelganida, uyni kimsasiz, supurilgan va yig‘ishtirilgan holda ko‘radi. Shunga borib, o‘zidan ham yovuzroq boshqa yetti ruhni ergashtirib keladi. Oxir-oqibat o‘sha odamning ahvoli oldingidan ham battar bo‘ladi (Matto Xushxabari 12:43-45).

Jinlardan qutulganidan so‘ng Iso Masihning Kitobi bo‘lgan Muqaddas Kitob nuri bilan hayotingizni to‘ldirib oling. Iso Masih “dunyoga Nur bo‘lib keldi, toki Unga ishongan bironta odam zulmatda qolmasin.” (Yuhanno Xushxabari 12:46) Iso Masihning Kitobini xarid qiling, uni har kuni o‘qing, o‘shanda Uning nuri zulmatni quvib yuboradi.

Kelajak uchun xavfsizlik

Biz oxiruzamonga anchayin yaqinlashib qoldik, shuning uchun yovuz ruhlar har qachongidan ko‘ra faol bo‘lmoqda. Iso Masih bashorat qildi-ki, Uning qaytishidan oldin yovuz kuchlari ko‘pgina soxta mo‘jizalarni qilib, iymonlilarni to‘g‘ri yo‘ldan urishga harakat qiladilar. Ayrimlarga jinlar dahshatli arvohlar qiyofasida hozir bo‘lishadilar, boshqalarga farishtalar yoki o‘lgan qarindoshlar qiyofasida yo‘ldan urmoqchi bo‘lishadi. Hattoki iblis o‘zini Iso Masih deb da’vo qiladi!

Ammo biz o‘zimizni aldashga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Agar siz Iso Masihning ortidan borsangiz, U sizga shaytonga qarshi turish kuchini beradi. Aziz birodar! Bugun sen nima bilan kurashayotganingdan qat‘i nazar, Iso Masihga seni xalos qilishga yo‘l qo‘yib ber!

Agar siz Iso Masihning izdoshlaridan kimdir sizning yovuz ruhlardan xalos etishi uchun ibodat qilishni xohlasangiz, unda bukletning orqa tomondagi kontaktlar bo‘yicha biz bilan bog‘laning.

Copyright @ 2023 by Sharing Hope Publications. Ushbu material ruxsatsiz notijorat maqsadlarda chop etilishi va tarqatilishi mumkin.
Muqaddas Kitobning oyatlari Muqaddas Kitobni tarjima qilisg instituti va O'zbekiston Bibliya Jamiyati hamkorligida 2016 yilda tayyorlangan Muqaddas Kitobidan o'zbek tiliga tarjimasidan olingan.

Bizning axborot byulletenimizga obuna bo'ling

Yangi nashrlar qachon paydo bo'lishini birinchi bo'lib bilib oling!

newsletter-cover