Sudlov oldida qo‘rquvsizlik

Sudlov oldida qo‘rquvsizlik

Xulosa

Qiyomat kuni haqida o'ylash ko'pgina odamlarning yuraklarini qo'rquv hissiyoti bilan to'ldiryapti. Ushbu mukofot kuni biz uchun xavfsiz o'tishiga qanday amin bo'lishimiz mumkin? Xudo bizga Himoyachini yuborishga va'da berdi-advokat bizning ishimizni yer sudi zalida taqdim qilganidek, sudda biz uchun shafoat qiladi. Ushbu risolada shu Himoyachi haqida hikoya qilinadi va yaqinlashib kelayotgan sud oldida qanday qilib ishonchni qozonish kerakligi tushuntiriladi.

Yuklab olish

Bir kunda men ertalab mehmonxonadagi xonamdan chiqib, muhim uchrashuvga borgan edim. Men kech qolayotgan edim, shuning uchun belgilangan tezlikdan oshiqroq bordim. Mo‘ljalgacha yarim yo‘lida meni politsiyachi to‘xtatdi, va menga uning ortidan uchastkasiga borishga buyurdi. Men juda g‘azab bo‘lib, o‘zimni bu holda ojiz his qildim, chunki bu vaziyatda aybdor bo‘lganligimni tushungan edim. 

Politsiyachi menga qarshi ma’muriy ishni ochganidan so‘ng meni chaqiriq qog‘ozini berish uchun yaqinroq bo‘lgan sudga olib kelishgan edi. U yerda men tasodifan advokat bo‘lib ishlaydigan do‘stimni uchratdim. U meni sudda ko‘rib, hayron bo‘ldi. Men vaziyatni tushuntirganimdan keyin u menga: “Xavotirlanma. Men sening ishingda yordam beraman” - dedi. Yuragimda yengillikni his qildim: Mening do‘stim endi mening himoyachim bo‘ladi!

Do‘stim advokat sifatida meni himoya qilgani uchun sudya menga eng kam miqdordagi jarimani yozib qo‘ydi xolos. Sud binosidan chiqqanda, men Xudoga shon-sharaflashga kirdim.

Ko‘pchiligimiz uchun yerdagi sudya oldida turish qo‘rqinchli bo‘ladi. Ammo, bularning hammasini Qiyomat kunida Xudo oldida turishi bilan hech qanaqasi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Agar bu kun ertaga sodir bo‘lganida, siz unga tayyor bo‘lardingizmi?

Qiyomatga tayyorgarlik

Ayrim odamlarni Qiyomatning yaqinlashi unchalik tashvishlantirmayapti. Ular spirtli ichimliklarni iste’mol qilyaptilar, chekyaptilar, qimorbozlikka qo‘l uryaptilar, tungi klublarga boryaptilar, va axloqi buzuq videolar ko‘ryaptilar. Ehtimol, ular shu hayot tarzi samoviy kitoblarda qayd etilayotganligini bilishlari mumkin, ammo ular baribir shaytonning yanglishlarda qolib ketmoqdalar. Va ularga baribir.

Boshqalar esa haddan tashqari qo‘rquvda bo‘lyaptilar. Ular hech bir ibodatni o‘tkazib yuborishga jur’at etmaydilar. Ular abadulabad bo‘ladigan aziyat, jahannamdagi olov haqida tez-tez o‘ylaydi-ki, Xudoning mehr-muhabbati va ezguligi haqida unutib qo‘yishadilar. 

Biroq, mening holatimda sudda advokat bo‘lgani singari, Rabbimiz ham bizga Qiyomat kunida oqlanib olishga yordam beradigan Himoyachini hadya qildi. Sizga yolg‘iz bo‘lib qolish sharti yo‘q!

Himoyachimiz kim bo‘lyapti?

Himoyachilarning xizmatlardan foydalanish g‘oyasi ancha oldin kelganligi xabaringiz bor. Har yil minglab ziyoratchilar Yaqin Sharqda, Shimoliy Afrikada va Osiyoda muqaddas joylarga ziyorat qilmoqda. Ayrimlari o‘tmishda buyuk yetakchilar bo‘lganlarning qabrlarida ibodat qilishadi, go‘yoki o‘lganlar ular uchun vositachilik qilishadi, deb ishonadilar. 

Buyuk ajdodlarni e’zozlashda hech qanday yomon joyi yo‘q, ammo ularga ibodat qilish va ularning madadini so‘rash - bu harom narsadir. Ular allaqachon olamdan o‘tgan, va siz uchun hech narsani qilolmaydilar. Hattoki payg‘ambarlar o‘z qabrlarida Tirilish kunini kutmoqda.

Garchi, o‘liklardan vositachilikni so‘rash harom bo‘lsa, Xudo oldidagi vositachilikning g‘oyasi o‘z-o‘zidan to‘gri g‘oyadir. Ammo, Xudoga kimning vositachiligi ma’qul bo‘lyapti? Faqatgina: 

  1. Tirik zotning (chunki o‘lganlar siz uchun vositachilik qilolmaydilar). 

  2. Begunoh zot (chunki o‘zi aybdor bo‘lgan boshqalarni himoya qila olmaydi).

Shu talablarga kim javob bera oladi? O‘z tabiatida begunoh bo‘lyayotgan, samoda yashaydigan, Xudoning Azizi bo‘lgan Iso Masihdan boshqa hech kim bu ishni eplolmaydi. 

Darhaqiqat, tirik bandalar o‘rtasida begunoh bo‘lgan yana kimdir bormidi? Odam Ato ta’qiqlangan mevani yedi, Nuh sharobni ichgan edi, Ibrohim payg‘ambari yolg‘on gaplarni aytgan, Muso odamni o‘ldirdi, Dovud birovning xotinni o‘g‘irlab ketdi. Siz gunoh qilmagan, biror xatoga yo‘l qo‘ymagan, yoki kechirim so‘ramagan biror payg‘ambarini topolmaysiz.

Ammo, Iso Masih hech qachon gunoh qilmagan edi. U O‘zi aytdi: “Meni Yuborgan doim Men bilan birgadir. Ota Meni yolg‘iz tashlab ketmagan. Zero, Men har doim Unga ma’qul bo‘lgan ishlarni qilaman.” (Injil. Yuhanno kitobi 8:29)

Qiyomatni hotirjamlik bilan qarshi olish

Iso Masih bugun samoda yashaydi. U mutlaqo pok va begunohdir. U bizlarni himoya qilishga tayyor. Va U bizlarni samoga olib ketish uchun tezda qaytib keladi.

Va agarda Iso Masih ikkinchi bor Yerga qaytishi kerak bo‘lsa, demak U so‘nggi payg‘ambardir. Shu bilan birga, U nafaqat payg‘ambar, balki bizning Himoyachimiz, Rabbimiz va Qiyomatda tinchlikning kafolat beruvchidir. U bizga aytdi-ki: “Sizlarga chinini aytaman, kim Mening so‘zimga rioya qilsa, hech qachon o‘lim ko‘rmaydi.” (Injil. Yuhanno Kitobi 8:51)

Iso Masih o‘lgani yo‘q, U tirik! U hozir yerda O‘zining odamlaridan O‘z jamiyatini tuzmoqda. Ba’zida U O‘z sadoqatli odamlarni jamoatga chorlaydi, ayrimlarga tushda oq kiyimdagi odam sifatida hozir bo‘lyapti, yoki biz Xudoga Uning nomi bilan murojaat qilganimizda U biz uchun qandaydir mo‘jizalarni qilyapti. 

Qiyomat Kunida oromga ega bo‘lmoqchimisiz? Iso Masihga iymoningizni e’tiqod qiling. Nima uchun biz o‘lganlarga, o‘zlari Qiyomat kunida o‘z taqdirini bilmaydiganlarga ishonishimiz kerak? Iso O‘zining samodagi joyida qat‘iy turmoqda. Mening sud zalidagi do‘stim advokat singari U bizlarga yordam beradi.

Ehtimol, sizga bu gaplar haqiqat ekanligiga ishonish qiyin bo‘lishi mumkin. Iso bu holatda shunday aytgan: “Ha, sizlar Mening nomim bilan Mendan so‘ragan har qanday narsani bajo keltiraman.” (Injil. Yuhanno Kitobi 14:14) Men aytgan gaplar haqiqat ekanligini o‘zingiz tekshirib ko‘ring. Agar Iso Masih sizning hayotiy qiyinchiliklarni uddalashga yordam berishi qodir bo‘lsa, shubhasiz Unga Himoyachimiz sifatida ishonishimiz mumkin bo‘ladi. Xudoga Iso nomi bilan chin yurakdan ibodat qiling, va keyinchalik nima ro‘y beradiganini ko‘ring. Siz qu‘yidagi tarzda ibodat qilishingiz mumkin:

Yo Rabbim! Men Iso Masih haqiqatdan ham Qiyomatdagi himoyachimiz ekanligini bilmoqchiman. Agar bu rost bo‘lsa, O‘zing ibodatimga javob bergin, va mening iltimoslarimga ham javob bergin (bu yerda o‘z muhtojliklarni sanab o‘ting). Buni men Iso Masih nomi bilan so‘rayapman! Omin.

Agar siz Iso Masih ortidan qanday borish kerakligini bilmoqchi bo‘lsangiz, bukletning orqa tomondagi kontaktlar bo‘yicha biz bilan bog‘laning.

Copyright @ 2023 by Sharing Hope Publications. Ushbu material ruxsatsiz notijorat maqsadlarda chop etilishi va tarqatilishi mumkin.
Muqaddas Kitobning oyatlari Muqaddas Kitobni tarjima qilisg instituti va O'zbekiston Bibliya Jamiyati hamkorligida 2016 yilda tayyorlangan Muqaddas Kitobidan o'zbek tiliga tarjimasidan olingan.

Bizning axborot byulletenimizga obuna bo'ling

Yangi nashrlar qachon paydo bo'lishini birinchi bo'lib bilib oling!

newsletter-cover