Ko‘chib ketish taklifi!

Ko‘chib ketish taklifi!

Xulosa

Siz yaxshiroq dunyoning kelishini kutyapsizmi? Xavfsiz, baxtli va orom joyida bo'lishni istaysizmi? Biz bu dunyo bera olmaydigan narsani xohlaymiz, chunki har birimiz Jannat uchun yaratilganmiz. Iso Masih allaqachon u yerga ketgan. U yo'lni biladi va aslida Uning O'zi "Yo'ldir!" Ushbu risola Iso haqida muhim haqiqatlarni ochib beradi, ular bizga Jannatning fuqarosi bo'lish uchun tayyorlanishimizga yordam beradi.

Yuklab olish

Abdul-Malik hayotdan toliqqan chol edi. Xotindan va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan bo‘lib, u ISHIDdan qutulish maqsadida Iroqdan qochib ketdi. Endi u qochqin sifatida Iordaniyada yashab kelgan edi.

Ammo, unda so‘nmagan bitta umid bor edi. Unda Kanadada yashaydigan bir amakivachcha bor edi, u unga ishga joylashtirishni taklif etdi. Bundan ruhlangan bo‘lib, u xujjatlarni viza olish uchun berdi, bu bilan osonroq hayot boshlanadi, deb o‘ylangan edi. Oxir-oqibatda, bir necha yillik kutishdan keyin unga Kanadaga kirish ruxsat berilgan edi. Abdul-Malikning baxtiga cheki yo‘q edi!

Ammo, xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. Kanadaga kelib, immigrantning hayoti u qadar oson emas ekanligiga amin bo‘ldi. O‘zining ishi tufayli unda bir daqiqaga o‘tirish uchun ham vaqt yo‘q edi. Uning qo‘shnilari ancha shovqinli edilar. Ijtimoiy transportining xususiyatlarni anglash ham oson kechgani yo‘q, ingliz tilining xususiyatlari haqida gapirmasa ham bo‘laveradi. 

Abdul-Malik eng yaxshi joyga borish ko‘zlagan edi, ammo shu yerga kelib qalbida tinchlik yo‘q edi. U o‘ziga savollar berishni boshladi - orzuim yerda amalga oshiradimi, yoki menga Jannatni kutishga to‘g‘ri keladimi!

Jannatga ko‘chib o‘tish

Siz o‘zingizni Abdul-Malik singari biror marta his qilganmisiz? Har bir insonda yaxshiroq joyga intilishi qalbida joylashgan, biz o‘zimizning haqiqiy uyimizga, Jannatga kirsakgina uni qanoatlantirsa bo‘ladi. Bu intilish tezda amalga oshiriladi! Bizning ko‘zlarimiz o‘ngida oxiruzamonning belgilari amalga oshirilmoqda, bu dunyoning intihosi jadal suratda boshlanmoqda.

Asrlar mobaynida yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarning diniy kitoblarida oxiruzamonning boshlanishi bashorat qilingan edi, o‘sha kulminatsion nuqtadan keyin biz bu dunyodan yaxshiroq bo‘lgan boshqa dunyoga “ko‘chib o‘tamiz”. Uchchala dinlarda Masihning siymosiga ko‘rsatilmoqda, chunki U dunyoning so‘nggi kunlarda muhim rol o‘ynaydi.

Qizig‘i shundaki, Masihning siymosi nasroniylikda ham islomda ham Iso Masih deb ko‘rsatilmoqda. U Falastinda yashagan paytida Masih bo‘lgan edi, ammo oxirgi 2000 yilni Jannatda o‘tkazdi. Oxir-oqibatda, Qiyomat kuni kelganida U qaytib keladi. 

Iso Masihning qaytishini Muqaddas Kitobida tez-tez takrorlanyapti, ammo musulmonlar ham Uning qaytishiga ishonadilar, chunki Qur‘oni Karimda yozilganidek: “Albatta, u (Iso) qiyomat soati ilmi-belgisidir. Bas, siz u (soat) haqida hech shubha qilmang va Menga ergashing. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir.” (Zuxruf 43:61)

Immigratsion xizmatining xodimi viza olish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalarni berayotgani singari, Iso Masih ham biz Jannatga olib keladigan to‘g‘ri yo‘lni bilishimiz Uning Ramziga e‘tibor qaratishimizga taklif qilyapti. 

Isoning so‘zlariga binoan, Jannat nimaga o‘xhash ekan?

Injilda Iso Masihning so‘zlari yozilganidek: “Men sizlarga joy tayyorlagani ketyapman. Men borib sizlarga joy tayyorlayman-u, sizlarni O‘zim bilan olib ketgani kelaman. Toki Men bo‘lgan joyda sizlar ham bo‘linglar.” (Yuhanno 14:2-3) Iso Masih aytadi-ki, U bizni Jannatga olib ketishi mumkin ekan! 

U shuningdek Jannatning pardasini sal ochib, shu go‘zal joyining xususiyatlarni tasvirladi. Xususan, U aytdi-ki:

  • “U yerda o‘lim mavjud bo‘lmaydi, hech kim qayg‘urmaydi, yig‘lamaydi, azob chekmaydi.” (Vahiy 21:4)

  • Bizda shohona uylar bo‘ladilar. (Yuhanno 14:2)

  • Erkaklar ham, ayollar ham bir hil huquq va qadr-qimmatiga ega bo‘ladilar. (Galatiyaliklarga 3:28)

  • Bu joy nurga, taqvodorlikka va baxtga to‘la. (Vahiy 21:21-25)

Darhaqiqat, dillarimiz aynan shu joy deb sog‘inyaptilar!

Iso Masih nima sababdan ikkinchi bor kelishi kerak?

Axir, Xudo ko‘pgina payg‘ambarlarni va darak beruvchilarni yuborgan edi. Nega aynan Iso Masih yerga takroran qaytishi uchun tanlangan edi? Shu savolga javob berish uchun yana immigratsiya namunasiga murojaat qilamiz. Vizani olish oson ish emasligi hisoblanadi, va ko‘pgina odamlar immigratsiya bo‘yicha barcha yollarni biladigan advokatga murojaat qilyaptilar. Agar sizda shunday yordamchi bor bo‘lsa, u holda siz uning yordamiga tayanishingiz mumkin.

Shunga o‘xshab, Iso Masih ikkinchi bor yerga qaytib keladigan yagona Zot bo‘ladi, negaki U Jannatga yo‘lini biladi, va bizlarni o‘sha yerga olib ketishi mumkin. U O‘zi aytdi: “Men Yo‘l, Haqiqat va Hayotdirman.” (Yuhanno 14:6)

Xudo yuborgan har bir payg‘ambar va darakchi xatolarni qilgan va kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan. Ammo, Iso Masih bundan mustasno. U O‘zining 33-yoshga cho‘zilgan hayot mobaynida begunoh edi. Shu sababdan U darhol Jannatga olingan edi. 

Bizlar begunoh bo‘lgan Iso Masihdan Jannat talablarga qanday qilib javob berib olishimiz mumkinligiga o‘rganishimiz kerak. Faqatgina shunday tarzda biz Jannatda bo‘lamiz, deb ishonchimiz komil bo‘lishi mumkin. Baxtimizga, biz Uning Muqaddas Kitobida saboqlarni olishimiz mumkin. 

Iso Masihning qaytishiga tayyorgarlik

Biz eng yaxshi joyga borishimiz mumkinligi haqida xabar ajoyib emasmi? Bizga Jannatda Xudo Podshohligining fuqarolar bo‘lishga taklif qilinmoqda! Iso Masih barchamizni shu go‘zal joyga olib ketish uchun tez orada qaytadi.

Ehtimol, bugungi kunda siz Qiyomatda o‘z taqdirini bilmaydigan odamlarga ergashasiz, shundaymi?  Iso Masih bilan sizda hech qanday shubha bo‘lmaydi. Xudoni Iso Masihning to‘g‘ri yo‘lidan yetaklashga iltijo qiling. Siz shunchaki Xudovandga shunday ibodat bilan iltijo qilishingiz mumkin:

Rabbim, yuragim yaxshiroq joyida bo‘lishni xohlayapti. Iltimos, meni ham, yaqinlarimni ham bu dunyoning qiyinchiliklardan xalos etgin. Ishonaman-ki, vaqtimiz kam qoldi. Iltimos, menga O‘zining yo‘l-yo‘riqlarni yuborgin, toki men Sen men uchun tayyorlagan ajoyib joyiga borarman. Omin.

Agar siz Injilning asl nusxasini olmoqchi bo‘lsangiz, u holda bukletning orqa tomondagi kontaktlar bo‘yicha biz bilan bog‘laning.

Qur'onning o'zbek tiliga tarjimasi.Copyright @ 2023 by Sharing Hope Publications. Ushbu material ruxsatsiz notijorat maqsadlarda chop etilishi va tarqatilishi mumkin.
Muqaddas Kitobning oyatlari Muqaddas Kitobni tarjima qilisg instituti va O'zbekiston Bibliya Jamiyati hamkorligida 2016 yilda tayyorlangan Muqaddas Kitobidan o'zbek tiliga tarjimasidan olingan.

Bizning axborot byulletenimizga obuna bo'ling

Yangi nashrlar qachon paydo bo'lishini birinchi bo'lib bilib oling!

newsletter-cover